/

/

Umumiy ma'lumotlar


Umumiy ma'lumot

       O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining (bundan keyin – Bosh boshqarma) maqomini, vazifalarini, vakolatlarini va tashkiliy asoslarini, shuningdek rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini belgilaydi.

 

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PQ-4105-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

 

Bosh boshqarma Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bosh boshqarma Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga hamda Namangan viloyati hokimligiga bo‘ysinadi.

 

Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyruqlari, Namangan viloyati hokimining qaror va farmoyishlari, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

 

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Bosh boshqarma yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi bitilgan muhriga ega.

 

Bosh boshqarma quyidagi manzilda joylashgan: Namangan shahri, Istiqlol ko‘chasi, 59-uy.

 

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


   - hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qilish, hududning mineral xom-ashyo, mehnat va ishlab chiqarish zaxiralari va salohiyatini ishlab chiqarishga jalb qilinmaganlik bilan bog‘liq mavjud nomutanosibliklarni aniqlash; 

   - mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishi istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

   - muhandislik, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmalari rivojlantirish, transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya tizimlari bilan ta’minlash, shuningdek hududiy boshqaruvning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

   - qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik ekinlarini maqbul joylashtirish, agrar sektorda tuzilmaviy o‘zgartirishlar, qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

   - hududlar aholisining demografik jarayonlari va jins, yosh tarkibi, ularning bandlik darajasi va tuzilmasi tahlili, shu asosda ishsiz aholini ayniqsa yoshlarni ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga ish bilan ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, meditsina, ta’lim va ijtimoiy-madaniyat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

   - hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruv organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik qilish;

  - kichik sanoat zonalarini ularning hududlarida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

HUDUDIY BO'LIMLAR

CHORTOQ TUMANI

MIRZAAKBAROV ODILJON MAHMUDOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 435 04 00, ФАКС: 69 412 36 53

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: chortoqeconomy@umail.uz

CHUST TUMANI

G‘OFUROV ABDUJABBOR SATTAROVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 91 361 99 79, ФАКС: 69 423 34 33

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: chusteconomy@umail.uz

KOSONSOY TUMANI

XUDAYBERDIYEV UMIDJON KARIMJONOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 594 31 31, ФАКС: 69 652 23 89

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: kosonsoy_iqtisod@inbox.uz

MINGBULOQ TUMANI

ABDURAXMANOV ELYOR XABIBULLAYEVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 272 89 89, ФАКС: 69 452 14 66

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: mingbuloqeconomy@umail.uz

NAMANGAN TUMANI

KAXOROV ABDUMALIK BAXTIYOROVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 230 48 44, ФАКС: 69 472 10 92

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: toshbuloqeconomy@umail.uz

NORIN TUMANI

GAFFAROV ABDULAXAT ABDURAYIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 254 20 40, ФАКС: 69 612 29 02

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: norineconomy@umail.uz

POP TUMANI

AZIMOV BAXTIYOR YURSINALIYEVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 303 00 32, ФАКС: 69 433 14 01

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: popeconomy@umail.uz

TURAKURGAN TUMANI

SOXODILLAYEV QUDRATBEK INOMIDDINOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 257 74 40, ФАКС: 69 442 23 73

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: toraqorgoneconomy@umail.uz

UCHQO'RGON TUMANI

BADALBAYEV KOMIL MAXAMATKOSIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 93 915 70 90, ФАКС: 69 462 23 54

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: uchqorgoneconomy.uz

UYCHI TUMANI

IMAMOV SHOKIRJON MUXAMMADSODIKOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998-99-772-80-10, ФАКС: 69-48-20-070

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: uychieconomy@umail.uz

YANGIQORG'ON TUMANI

XALILOV FARXODBEK XOSHIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 93 948 21 25, ФАКС: 69 632 21 88

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: yangikurganeconom@umail.uz