/

/

O‘zbekistonda yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar e'lon qilindi


O‘zbekistonda yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar e'lon qilindi

Moliya vazirligi 2019 yil oxiriga kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini e'lon qildi. Tegishli ma'lumot vazirlik saytida joylashtirilgan.

2019 yil yakunlari bo‘yicha dastlabki baholarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o‘sib (2018 yilda 5,1 foiz), 524,0 trln. so‘mni (58,3 mlrd. dollarni) tashkil etishi kutilmoqda.

Iqtisodiy o‘sishga asosan ichki omillar, xususan, yalpi ichki talabning ortishi ta'sir ko‘rsatmoqda.

2019 yilda yalpi ichki talabning ortishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkinligi aytiladi:

a) Iqtisodiyotga kapital qo‘yilmalar hajmi 28,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, jumladan:

- markazlashgan davlat investitsiyalari 52,3 trln. so‘mni tashkil etib (Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Hukumat va uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar) 2018 yilga nisbatan 23 foizga o‘sishi kutilmoqda;

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli o‘sib, 2,0-2,5 mlrd. AQSh dollariga etishi kutilmoqda;

b) Ekspansion fiskal siyosat olib borilmoqda va natijada konsolidatsiyalashgan budjet defitsiti (davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari bilan birgalikda) yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,3 foizni (2018 yilda 0,5 foiz profitsit) tashkil etishi kutilmoqda;

v) Uy-xo‘jaliklari real daromadlarining o‘sishi kutilmoqda (2019 yilda 8 foiz) va bunga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:

davlat sektorida ish haqining sezilarli darajada oshishi;

jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkasining 12 foizga keskin pasaytirilishi;

iqtisodiyotdagi umumiy ish haqi darajasining o‘sishi.

g) Iqtisodiyotga kreditlar hajmining 44 foizga o‘sishi kutilmoqda (2018 yilda 50,2 foizga o‘sgan).

Shu bilan birga, ayrim yirik savdo hamkor-mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarining sekinlashuvi hamda ba'zi eksport xom-ashyo tovarlari jahon narxlarining pasayishi natijasida tashqi bozor dinamikasining nisbatan pastligining saqlanishi kutilmoqda.

Yalpi ichki taklif tarafdan, iqtisodiy o‘sish omillari bo‘lib qurilish (yillik o‘sish sur'ati 11,8 foiz), sanoat ishlab chiqarishi (6,4 foiz), xizmatlar (6,1 foiz) hamda qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik sohalari (3,0 foiz) bo‘lishi kutilmoqda.

2019 yilda inflatsiya darajasi 15,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda (2018 yilda 14,3 foiz). Shuningdek, inflatsiyani jilovlash maqsadida 2020 yildan boshlab kreditlar hajmining YaIMning nominal o‘sishidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘sishini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Joriy hisob operatsiyalari manfiy saldosi 6,5-7,0 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda (2018 yilda 7,0 foiz).

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 41,5 mlrd. dollarni (o‘sish sur'ati 24,1 foiz – 2018 yilda 33,4 mlrd. doll.), jumladan, eksport – 18,0 mlrd. dollarni (Q28,7 foiz), import – 23,5 mlrd. dollarni (Q20,9 foiz) tashkil etadi.

Oltin-valuta zaxiralari 27,7 mlrd. AQSh dollariga yetishi kutilmoqda (2018 yil yakunida 26,4 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan).

Davlat tashqi qarzi 15 mlrd. AQSh dollarini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda (2018 yilda 9,9 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMga nisbatan 19,6 foizni tashkil etgan).

Shuningdek, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni doirasida Hukumat nomidan va uning kafolati ostida imzolanadigan tashqi qarz bitimlarini 4 mlrd. AQSh dollari qiymatida cheklash nazarda tutilgan.


HUDUDIY BO'LIMLAR

CHORTOQ TUMANI

MIRZAAKBAROV ODILJON MAHMUDOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 435 04 00, ФАКС: 69 412 36 53

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: chortoqeconomy@umail.uz

CHUST TUMANI

G‘OFUROV ABDUJABBOR SATTAROVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 91 361 99 79, ФАКС: 69 423 34 33

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: chusteconomy@umail.uz

KOSONSOY TUMANI

XUDAYBERDIYEV UMIDJON KARIMJONOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 594 31 31, ФАКС: 69 652 23 89

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: kosonsoy_iqtisod@inbox.uz

MINGBULOQ TUMANI

ABDURAXMANOV ELYOR XABIBULLAYEVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 272 89 89, ФАКС: 69 452 14 66

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: mingbuloqeconomy@umail.uz

NAMANGAN TUMANI

KAXOROV ABDUMALIK BAXTIYOROVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 230 48 44, ФАКС: 69 472 10 92

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: toshbuloqeconomy@umail.uz

NORIN TUMANI

GAFFAROV ABDULAXAT ABDURAYIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 254 20 40, ФАКС: 69 612 29 02

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: norineconomy@umail.uz

POP TUMANI

AZIMOV BAXTIYOR YURSINALIYEVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 94 303 00 32, ФАКС: 69 433 14 01

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: popeconomy@umail.uz

TURAKURGAN TUMANI

SOXODILLAYEV QUDRATBEK INOMIDDINOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 97 257 74 40, ФАКС: 69 442 23 73

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: toraqorgoneconomy@umail.uz

UCHQO'RGON TUMANI

BADALBAYEV KOMIL MAXAMATKOSIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 93 915 70 90, ФАКС: 69 462 23 54

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: uchqorgoneconomy.uz

UYCHI TUMANI

IMAMOV SHOKIRJON MUXAMMADSODIKOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998-99-772-80-10, ФАКС: 69-48-20-070

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: uychieconomy@umail.uz

YANGIQORG'ON TUMANI

XALILOV FARXODBEK XOSHIMOVICH

LAVOZIMI: BO'LIM BOSHLIG'I

TELEFON: +998 93 948 21 25, ФАКС: 69 632 21 88

QABUL KUNLARI: HAR JUMA 10:00 - 12:00 E-mail: yangikurganeconom@umail.uz