O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan xodimlar tushunchalari tinglandi.
Hech kimga sir emas, hozirgi davrga kelib bizning odatiy ish faoliyatimiz o‘zgarib, masofadan ishlaydigan vositalardan ko‘proq foydalanishga bo‘lgan talabimiz xususan raqamli dunyoga bo‘lgan ehtiyojimiz tobora ortib bormoqda.
Viloyatda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida sanoatda 8 818,9 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,0 foiz o‘sishga erishildi. (aholi jon boshiga 3,5 mln so‘m)
Joriy yilning o‘zida 1 414 ta yangi sanoat korxonalar qo‘shilib, ularning umumiy soni 6 490 tani tashkil etmoqda.
Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Abdurazaqovning hisoboti eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda 24 382 ta ehtiyojmand oila 39 468 nafar mehnatga layoqatli ishsizlari “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan.
104,9%
-o‘sish sur’ati
Sanoat
mahsulotlari
-hajmi: 794,5 mlrd.so‘m
105,4%
-o‘sish sur’ati
Xalq iste’moli
mollari
-hajmi: 394,6 mlrd.so‘m
100,1%
-o‘sish sur’ati
Pudrat
ishlari
-hajmi: 309,3 mlrd.so‘m
98,3%
-o‘sish sur’ati
Chakana savdo bo‘yicha
-hajmi: 937,9 mlrd.so‘m
105,1%
-o‘sish sur’ati
Jami
xizmatlar
-hajmi: 770,4 mlrd.so‘m
NAMANGAN VILOYATIDA 2020 YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR (1 dekabr holatiga)