NAMECONOMY
Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi hozirda tugatilgan bu tashkilot
Namangan viloyatida parrandachilik sohasiga katta urgʼu berilmoqda Namangan viloyati xokimligi, tuman hokimliklari hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning yanvarь-avgust oylarida tumanlarda 43 ta maxallada 68 ta inkubatoriya tashkil qilish istagini bildirgan tadbirkorlar aniklandi, shundan 27 tasi 1 yanvar xolatiga mavjud inkubatoriyalar tashkil qilingan
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan Namangan viloyatida 2021 yil bugungi kunga qadar Аgrobank, Xalkbank va Mikrokreditbank tomonidan dasturlar doirasidagi loyihalarga jami 678,8 mlrd.soʼm ajratilgan.
Shundan, "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 622,5 mlrd.soʼmlik 28 691 ta, Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tomonidan 6,5 mlrd.soʼmlik 59 ta, Hunarmandchilikni rivojlantirishga 3,9 mlrd.soʼmlik 145 ta, PK-4862 qarorga asosan yoshlarni qoʼllab quvatlashga 28,1 mlrd.soʼmlik 846 ta, Xotin-qizlarni va oilani qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi asosida 16,0 mlrd.soʼmlik 1 123 ta, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida 1,7 mlrd.soʼmlik 9 ta kreditlar ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “2021–2022 yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 244-son qaroriga asosan, 2021-2022 yillarda Pop tumani Chodak qishlog‘ida umumiy qiymati 279,1 mlrd.so‘m bo‘lgan 257 ta loyiha amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisning 10-sonli bayoni (2021 yil 27 fevraldagi 02-RA-1-3553-son) hamda Nazorat rejasi (2021 yil 12 martdagi 05/1-539-son)
Davlat rahbarining joriy yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga qilgan tashriflari davomida har bir hududda tikuvchilik sexlarini tashkil etish va shu orqali ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli fuqarolarini doimiy ish bilan ta’minlash belgilangan.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish Namangan viloyatining drayveri bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib, sanoatdagi ulushi 38,9 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda 1 937 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylari davomida 1 485,3 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
109,6%
-o‘sish sur’ati
Sanoat
mahsulotlari
-hajmi: 3 816,2 mlrd.so‘m
115,4%
-o‘sish sur’ati
Xalq iste’moli
mollari
-hajmi: 1 998,6 mlrd.so‘m
101,2%
-o‘sish sur’ati
Pudrat
ishlari
-hajmi: 1 408,3 mlrd.so‘m
104,4%
-o‘sish sur’ati
Chakana savdo
-hajmi: 3 766,5 mlrd.so‘m
121,3%
-o‘sish sur’ati
Jami
xizmatlar
-hajmi: 3 314,5 mlrd.so‘m
NAMANGAN VILOYATIDA 2020 YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR (1 dekabr holatiga)