Hududni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish yig‘ma bo‘lim boshlig‘i
Jurayev Oybek Bahtiyorovich
Tel: +998 69 227-22-32
Е-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari
- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib boradi;
- nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral xom ashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;
- viloyatni rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlar iqtisodiyoti va sanoatini isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqadi;
- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni va prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
- asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va ta’sirchan choralar belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;