Hududiy sanoatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

 

  Hakimov Javlon Abdulhaqovich

 

  Tel: +998 69 227-19-11

 

  Е-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 

  Ish vaqti: 09:00 - 18:00

 

 

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

  • hududlar sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
  • yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
  • hududiy rivojlanish dasturlarining sanoat salohiyati qismini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
  • eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilg‘or resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
  • sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilg‘ilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;

 

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart