Umumiy ma'lumot
Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyatlari va mas’uliyatini belgilaydi.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: asosan tashkil etilgan.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga hamda Namangan viloyati hokimligiga bo‘ysinadi.
Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining buyruqlari, Namangan viloyati hokimining qaror va farmoyishlari, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Bosh boshqarma yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi bitilgan muhriga ega.
Bosh boshqarma quyidagi manzilda joylashgan: Namangan shahri, Istiqlol ko‘chasi, 59-uy.
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qilish, hududning mineral xom-ashyo, mehnat va ishlab chiqarish zaxiralari va salohiyatini ishlab chiqarishga jalb qilinmaganlik bilan bog‘liq mavjud nomutanosibliklarni aniqlash;
- mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishi istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- muhandislik, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmalari rivojlantirish, transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya tizimlari bilan ta’minlash, shuningdek hududiy boshqaruvning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik ekinlarini maqbul joylashtirish, agrar sektorda tuzilmaviy o‘zgartirishlar, qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
- hududlar aholisining demografik jarayonlari va jins, yosh tarkibi, ularning bandlik darajasi va tuzilmasi tahlili, shu asosda ishsiz aholini ayniqsa yoshlarni ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga ish bilan ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, meditsina, ta’lim va ijtimoiy-madaniyat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruv organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik qilish;
- kichik sanoat zonalarini ularning hududlarida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.