Namangan viloyatida 2017-2020 yillarda 334,3 km Ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Namangan viloyatida 2017-2020 yillar davomida jami 351,5 mlrd.so‘mga mablag‘ hisobiga suv olish inshootlari va ichimlik suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangi qurildi.

1 196,9 km ichimlik suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va qurib ishga tushirildi.
Natijada, 350 dan ortiq aholi punktida yashovchi 300 ming nafardan ortiq axolini ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi va 500 ming nafardan ortiq axolini ichimlik suv ta’minotini yaxshilandi.

Shu bilan birga, viloyat bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 56,3% dan 63% ga o‘sishiga erishildi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart