2017 yil boshida viloyatda jami 50 ming o‘rin quvvatga ega 462 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda 677 o‘rinli 10 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib qamrov koeffitsenti 24% ni tashkil etgan.
2017-2020 yillarda maktabgacha ta’lim sifati va qamrovini yaxshilash maqsadi davlat investitsiya dasturlari, mahalliy byudjet va boshqa manbalar hisobidan 1 225 o‘rinli 6 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurildi, 4 100 o‘rinli 109 ta maktabgacha ta’lim muassasalari rekonstruksiya qilindi hamda 50 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 5 325 o‘rin yaratildi.
Shu bilan birga bo‘sh turgan binolar va faoliyat ko‘rsatmayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari qaytadan moslashtirilib 112 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 71 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 38 ta davlat xususiy sherikchilik asosida, 935 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida yangi qurish hamda rekonstruksiya qilish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalar soni 472 tadan 1618 taga yetkazilib jami 99924 o‘rin yangi quvvatlar yaratilgani xolda qamrov koeffitsenti 50059 dan 149 983 taga yetkazildi.
2020 yil yakuni bilan viloyatda 10478 nafar pedagog tarbiyachilar bo‘lib, Ma’lumoti bo‘yicha tahlil etganda 2967 nafari (28,5%) oliy, 568 nafari (6%) tugallanmagan oliy hamda 6943 nafari (65,5%) o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.