O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5084-son qarorining 2-bandi, Namangan viloyat hokimining 2021 yil 1-maydagi 284-sonli qarorining 2-bandiga, Namangan shahar hokimining 2021 yil 29 apreldagi 288-sonli qarori asosan Namangan shaharining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, shahardagi “Yangiariq”, “Shimoliy Farg‘ona kanali” va “Namangansoy” qirg‘oqlarni obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarish rejalashtirilgan.
“Shimoliy Farg‘ona kanali” qirg‘oqlarni obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarida, Shimoliy Farg‘ona magistral kanalining PK411+00 dan PK 426+74 gacha bo‘lgan qismining qirg‘oqlarini obodonlashtirish ishlarida pudratchi “Namangan maxsus suv pudrat” MChJ tomonidan 15 ta ishchi va mexanizatorchilar yordamida, 1 dona ekskovator, 2 dona avtosamasval, 24 ta ishchilar yordamida odamlar yurish yo‘lakchasi, atkos qisimlari tekislanib, shebyon tashlanib, 1014,0 metr uzunlikda lentishniy beton quyildi, 900 metr uzunlikda temir to‘siq o‘rnatildi, 600 metr uzunlikda yopiq ariq qilindi, bino qurish uchun katlavan kavlandi, 600 metr uzunlikda yurish yo‘lakchasiga beton quyish ishlari bajarildi.
“Yangiariq” kanal qirg‘oqlarini obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari, Yangiariq kanalining PK 51+51 dan PK 61+51 gacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish obyektlari bo‘yicha “Norinmaxsussuvpudrat” MChJ tomonidan 30 ta ishchi va mexanizatorchilar yordamida hozirgi kunda kommunikatsiya tarmoqlardan ko‘chirish ishlarida tegishli tashkilotlar yordamida ko‘chirildi.
Ob’ektda kanal suvini grafik asosida to‘xtatib ish tashkil qilib ishlar bajarilmoqda. 4 dona ekskovator, 2 dona avtosamasval, 2 ta beton meshalka yordamida 300 metr uzunlikda kanalning tub loyqadan tozalandi va beton ishlar, 210 metr uzunlikda kanalning o‘ng tomoniga, 200 metr uzunlikda kanalning chop tomoniga beton quyish ishlari bajarildi.
Hozirgi kunda manzilliy ro‘yxat ishlab chiqilib kelishilgan xolda tasdiqlandi. Belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun hujjatlar viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim qilindi. Moliya boshqarmasi tomonidan obyektlarga ochilgan shaxsiy hisob raqamlarga mablag‘ tushirib berildi. Belgilangan tartib asosida loyihachi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilib 30 foiz avans to‘lab berildi, bosqichma-bosqich olingan 3 ta obyektni ekspertiza xulosalariga hamda NAPUga xulosalar olish uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirildi.