Namangan yengil sanoati rivojlangani va hozirda xalqaro standartlar asosida dunyoga mashhur brendlar viloyatimizda ishlab chiqarilayotgani hech kimga sir emas. Endilikda mebelsozlik sohasida ham xalqaro standartlar, Yevropa sifatini tatbiq etish boshlandi.

Eman Material korxonasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan mazkur loyiha doirasida Germaniyaning Hettich kompaniyasida ishlab chiqarilgan innovatsion mebel jihozlari “Show Room” tashkil etildi.

Ushbu shou-rumning ochilish marosimida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Tolibjon Yusupov hamda shahar hokimi Gʻofurjon Djamalov ishtirok etdi. Hududlarni iqtisodiy salohiyatini koʻtarish, innovatsion yangiliklarni mahallalarga olib kirishda mana shunday loyihalarning ahamiyati katta ekanligi alohida qayd etildi.

Ushbu tadbirda yoshlar, mahalla faollari bilan bir qatorda Namangan shahrida mebelchilik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi. Ular kelgusidagi faoliyatida foydalanishi mumkin boʻlgan innovatsion gʻoyalar bilan tanishdilar.

 

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart