Asosiy eʼtibor ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni muammolarini hal etish va daromad manbaini yaratishga qaratilmoqda.
“Temir daftar”, “Ayollar daftar” va “Yoshlar daftar” lariga kiritilgan fuqarolar boʻyicha VM-250 sonli qaror talablari boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
❕Joriy yil oʻtgan 8 oyi mobaynida 3 ta daftarga kiritilgan 85 560 nafar fuqarolarga koʻrsatilgan turli yordamlar natijasida:
- “Temir daftar”dan 3 413 ta oilalar,
- “Ayollar daftari”dan 50 715 nafar ayollar,
- “Yoshlar daftari”dan 12 189 nafar yoshlar muammolari ijobiy hal etilishi taʼminlandi.
???? Buning uchun tashkil etilgan jamgʻarmalar hisobidan 69,6 mlrd.soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.
♻️ Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan ijtimoiy daftarlarda turgan har bir fuqarolarga PQ-20 qaror asosida yer, subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berish ishlari davom etib ijtimoiy ximoyaga muxtoj axoli qatlamining muammolari xal etib kelinmoqda.