Namangan viloyati hokimining 2019 yil 14 oktyabrdagi 765-qarori bilan Namangan shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Abdug‘aniyev Ilhom Burxanitdinovich viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari - Kichik biznes va tadbirkorlikni, muhandislik infratuzilmalarini hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

 

Ilhom Abdug‘aniyev 1973 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanlararo ulgurji savdo bazasi tovarshunosi sifatida boshlagan. Turli yillarda viloyat hokimligi huzuridagi iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi mutaxassisi, viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshqarmasi aholi turmush darajasi va iste’mol bozori bo‘limi bo‘limi bosh mutaxassisi hamda boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2016 yil 21 sentyabrdan buyon Ilhom Abdug‘aniyev Namangan shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.