Xodimlarning siyosiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida 2021 yil davlat dasturi va farmon loyihasiga kiritilgan muhim masalalar hamda ish yuritish va ijro intizomi bo‘yicha ma’ruza tinglandi. Mavzu bo‘yicha loyiha va slaydlar namoyish etildi.

O‘zbekistonda hafta davomida qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar, ularning mazmun-mohiyati xususida ham so‘z yuritildi.

Ma’lumot uchun siyosiy ma’rifat soatlari boshqarma xodimlari uchun har hafta tashkil etilishi belgilangan.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart