"Ayollar festivali" davomida boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand ayollarga setifikat va sovg‘alar topshirildi.

Festivalda Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi, Moliya boshqarmasi va mas’ul tashkilotlar ishtirok etmoqda. "Ayol dunyo bezagi, mehr-muhabbat ramzi!" shiori ostida "Ayollar festivali" ko‘tarinki ruxda davom etmoqda.

Namangan viloyatidagi Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borish istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish maqsadida viloyatimizda bir qator tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Namangan viloyati hokimligi, viloyat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, viloyat Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi ishtirokida Rossiya Federatsiyasining Kurgan viloyati gubernatorligi va tegishli mutassadi idoralari bilan video konferensiya aloqa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi  jamoasi o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Xodimlarning siyosiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalasida ham ma’ruza tinglandi. Mavzu bo‘yicha loyiha va slaydlar namoyish etildi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart