Ma’lumki, joriy yildan boshlab Respublikamiz aholisi biometrik pasportlarini ID kartaga almashtirish jarayoni boshlandi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Fuqarolarimiz Yagona portal my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan xodimlar tushunchalari tinglandi.

Viloyatda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida sanoatda 8 818,9 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,0 foiz o‘sishga erishildi. (aholi jon boshiga 3,5 mln so‘m)

Joriy yilning o‘zida 1 414 ta yangi sanoat korxonalar qo‘shilib, ularning umumiy soni 6 490 tani tashkil etmoqda.

Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Abdurazaqovning hisoboti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda 24 382 ta ehtiyojmand oila 39 468 nafar mehnatga layoqatli ishsizlari “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart