Viloyatda joriy yilning yanvar-oktabr oylarida tijorat banklari tomonidan 4,5 trln.so‘mga yaqin kreditlar ajratildi.

Banklar tomonidan joriy yilning 10 oyida 85 064 nafar fuqaro va tadbirkorlarga kreditlar ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4936-son qaroriga asosan jami 610,4 mlrd.so‘mlik 109 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Viloyatda bugungi kunda farmatsevtika sohasida 38 dan ziyod korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi dori mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda teriga birlamchi ishlov berish, terini oshlash, charm poyabzal mahsulotlari, charmdan erkaklar va ayollar sumkalari ishlab chiqarish hamda boshqa charm galanteriya buyumlari ishlab chiqarish sohasida jami 120 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Viloyatda 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga hududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish orqali bozorlarda narx-navoning sun’iy oshib ketishini oldini olgan holda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishdan iboratdir.

Bugungi kunda tuman va shaharlarda 70 931 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxira qilish ishlari boshlangan.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart