Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020-yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar 39 mingta doimiy ish o‘rni yaratish, 1,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish va o‘zlashtirishni ta'minlashini alohida ta'kidladi. 

Shuningdek, viloyatda “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m ajratilishi ma'lum qilindi. Bu mablag‘lar hisobiga viloyatda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi joriy etiladi.

Namangan viloyatidagi tuman markazlarini obod maskanlarga aylantirish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard so‘mdan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan qishloqlar va mahallalarga qo‘shimcha ravishda 2 milliard so‘mdan ajratilishi ta'kidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart