Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, muammolarini hal etish borasida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha viloyatdagi 775 ta mahallalarga jami 1 331 nafar shundan, 664 nafar tijorat bankdan doimiy vakillar, 334 nafar boshqaruv ofislariga iqtisodiy idora xodimlari va 333 nafar muvofiqlashtirish ishchi guruhlari jalb etilib viloyat, tuman (shahar)lar shtablari tashkil etildi.

Doimiy vakillar tomonidan viloyatda jami 502,2 mingta xonadonlardan 501,8 mingta xonadonlar (99,9%) uyma-uy yurib xatlovdan o‘tkazildi o‘tkazilgan xatlovlarga ko‘ra 91,9 mingdan ortiq muammo va takliflar aniqlanib, 83,9 mingtasi yoki (91,1%) hal etildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud xonadonlarida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida 125,7 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz aholi aniqlangan bo‘lib, shundan 17,6 ming nafarining ishlash istagi mavjudligi aniqlangan.

Hisobot davrida ulardan 17,6 ming nafari (6,1 ming yoshlar va 8,7 ming xotin-qizlar) yoki 84,9 foizi bandligi ta’minlandi.

Misol uchun, Mingbuloq tumani Baland Gurtepa mahalla fuqarolar yig‘inidagi fuqaro Alisherov Baxtiyor Sharibjonovich 2021 yilning 08.04.2021 yil sanasida mahalladagi savdo markaziga sotuvchi lavozimiga, ishga joylashtirildi.

Kosonsoy tumani Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi fuqaro Madraximova Dilnoza 2021 yilning 02.03.2021 sanasida tumandagi Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘iniga ishga joylashtirildi.

Uychi tumani Muborak mahalla fuqarolar yig‘inidagi fuqaro Muradov Shokirjon Zokirjon o‘g‘li 2021 yilning 31 may sanasida tumandagi Uychi tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga korxonasiga ishga joylashtirildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarni daftardan chiqarishda ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2021 yilning yanvar-may oylari davomida jami 64 506 ta iqtisodiy ahvoli og‘ir va ehtiyojmandlarni daromad bilan ta’minlash hisobiga 4 366 ta oila “Temir daftar”dan, 34 911 tasini “Ayollar daftari”dan hamda 25 229 tasini “Yoshlar daftari”dan chiqarilishi ta’minlandi.

Misol uchun: Xalq deputatlar viloyat kengashini 09.04.2021 kungi 116/-06 sonli hamda 20.04.2021 kungi 126/-06 sessiya qaroriga asosan 1314 ta oilalarga parranda (katak va 2 oylik ozuqa mahsuloti), 1176 ta oilalarga 3,8 mln.so‘mlik tikuv mashinalari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan “Yoshlar daftari” hisobidan 1005 nafar yoshlarga 3,6 mlrd.so‘mlik texnika vositalari yetkazib berildi.

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirgan jami
11,9 ming nafar aholidan 7,5 ming nafari (63,3 foizi) turli xil kasb-hunarga o‘qitildi.

Misol uchun: Boltiboyev Akmalxon Abdug‘ani o‘g‘lini tadbirkorlikka o‘qitib Mikrokredit bank tomonidan fuqaroga 220 mln so‘m kredit ajratilib, “Fas-fut” taomlari kafesini yo‘lga qo‘ydi.

Tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ularda 4,4 mingga yaqin muammolar mavjudligi aniqlanib, bugungi kunda 3,6 ming ta muammo hal etilgan, jumladan, 276 ta yer va bino ajratish, 590 ta kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, 134 ta mahsulotlarini sotish, 2001 ta kredit ajratish va 898 ta boshqa masalalar.

Kosonsoy tumani M.A’zam mahallasida yashovchi Boltixo‘jayev Sulaymonga ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotish maqsadida “Guliston Sof Savdo” bozoridan joy ajratishga amaliy yordam berildi.

Mingbuloq tumani Uyirchi-Damko‘l MFYda joylashgan Ziyataliyeva Ismigul YaTT ning elektr masalasidagi muammosi borligi aiqlanib ijobiy hal etildi.

Chust tumani Ariq bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida hududida “Dilbar tekstil” xususiy korxonasi tomonidan tikuvchilik yo‘nalishidagi loyiha ishga tushirildi hamda 60 nafar ayollar doimiy ish bilan ta’minlandi

Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish istagi mavjud 28,8 mingta sub’ektlar aniqlangan. Bugungacha ularning 26,6 mingtasiga jami 575,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan va 25,5 ta fuqarolarni bandligi ta’minlangan.

Misol uchun: Mingbuloq tumanidagi Zamin shifo o‘lkasi farm MChJga tibbiy uskunalar sotib olishi uchun 180 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Ko‘rilgan tadbirlar hisobiga avval foydalanilmay kelinayotgan 46,6 gektar tomorqa yerlardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Misol uchun: Mingbuloq tumani Ingichka mahalladagi fuqaro Abduraxmonov Ibroximjon Abduvositovich xonadonida foydalanilmayotgan 3 sotix tomorqa yer maydonida ko‘chatchilik qilish orqali terak ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Viloyatda jami 635 ta bo‘sh turgan noturar bino va inshootlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari aniqlangan bo‘lib, ularning 135 tasidan samarali foydalanish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Misol uchun: Chust tumani 2021 yilning 4-aprel sanasida Baymoq Agro-iqtisodiyot kollejining bo‘sh turgan binosida “Maxsudbek tekistel”hususiy korxonasi tomonidan 60 dona tikuv mashinasi o‘rnatilib, porperatsiya asosida bolalar kiyimi tikish yo‘lga qo‘yildi va 100 nafar ishsiz ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan ishsizlarni ish bilan ta’minlandi

Shuningdek, jami 36,1 ga bo‘sh yer maydonlari aniqlangan bo‘lib, 18,8 ga yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilgan hamda 8,7 ga yer maydonlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etilgan.

Misol uchun: Uychi tuman Mevazor mahalla fuqaro yig‘inida auksionga chiqarilgan binoni Umarov Baxodir Paxriddinovich tomonidan sotib olinishi natijasida Savdo do‘koni va xizmat ko‘rmatish markazi tashkil etib 10 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan.

O‘rganish yakunlari asosida mahallalarda kommunal ta’minot va ko‘p qavatli uylarda mavjud muammolar jami 257 tani tashkil etgan bo‘lsa, ularning 186 tasi yoki 72,3 foizi hal etilgan.

Uychi tuman Muborak mahalla fuqaro yig‘inida 1,5 km yo‘l asfaltlandi;

Uychi tuman Gulbog‘ mahalla fuqaro yig‘inida 4 km yo‘l shag‘allandi;

Mahallabay o‘rganishlarda inkubatoriyalar uchun jami 4 222 mln.so‘m kredit mablag‘i ajratilib, 9 ta tumanda 306 ming dona quvvatga ega bo‘lgan 43 ta inkubatoriya uskunalari o‘rnatilib ishga tushirildi.

Misol uchun: Norin tumani Bobur mahallasi hududida xususiy tadbirkor R.Hamraqulov tomonidan yangi 1 000 dona quvvatga ega bo‘lgan Parrandachilik bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobidan inkubatoriya tashkil etildi. Shuningdek, mazkur tadbirkor tomonidan hozirda mavjud bo‘lgan 16 ming quvvatga ega bo‘lgan inkubatorni modernizatsiyasi uchun Sanoat qurilish bankidan 200 mln.so‘m kredit berildi.

Bandlik ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan bugungi kunda 1 376 nafar fuqaroga kooperativ uchun 3 477,2 mln.so‘m subsidiyalar ajratildi

Misol uchun: Chust tumanida 3-son Kasb-hunar maktabining bo‘sh turgan o‘quv xonasida Chust Maksudbek tekstil IChK tomonidan 100 nafar, Norin tumanida 1 sektor hududida “G’OFURSHOX TEXTILE” IChKda 46 nafar, 2 sektor hududida “DILNOZA DILNURA TEXTILE” IChKda 50 nafar, 3 sektor hududida “SARVINOZIM TEXTILE” IChKda 50 nafar hamda 4 sektor hududida “MIR SITY TEXTILE” 50 nafardan ortiq “Ayollar”, “Yoshlar” hamda “Temir” daftarda ro‘yxatda turuvchi jami 496 ga yaqin ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi.

Viloyatda aholini bandligini ta’minlash bo‘yicha umumiy qiymati 112,1 mlrd.so‘mlik 54 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, natijada 2 917 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun: “Bunyodkor” mahallasi “Namangan tikuvchi ayollar” MChJ tomonidan qiymati 500,0 mln.so‘mlik tikuvchilik yo‘nalishidagi loyiha asosida sex tashkil etilib, 100 ta yangi ish o‘rinlari (shundan, “Ayollar daftari”dan 25 ta, “Yoshlar daftari”dan 30 ta) yaratildi.

Viloyatda 910 nafar daftardagi ishsiz band bo‘lmagan ayollar va yoshlarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qo‘rib berilib, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan 2 819,2 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart