Viloyatda 9 033 gektar maydonda uzumzorlar parvarish qilib kelinmoqda. Shundan, 4 708 gektar fermer xo‘jaliklarida va 4 325 gektar aholi tomorqa maydonlarida tashkil qiladi.

Mavjud uzumzorlarning 6 789 gektar xo‘raki, 665 gektar kishmishbop va 1 579 gektar sanoatbop uzumzorlar mavjud.

Ushbu uzumzorlarning 8 676 gektar hosilga kirgan uzumzorlar bo‘lib (shundan, fermer xo‘jaliklarida 4 448 gektar va axoli tomorqalarida 4 228 gektar) 2021 yilda xosilli maydonlardan 132 969 tonna uzum yetishtirib, (o‘rtacha kg. 11,0 ming so‘mdan) 1,5 mlrd.so‘m rejalashtirilgan.

2020 yilda mavjud uzumzorlardan 130,9 ming tonna mahsulot yetishtirilgan bo‘lsa 2021 yilga kelib uzum yetishtirishni 102,7 foizga oshiramiz.

Yetishtiriladigan hosilni 23 071 tonnasi (17,3%) eksportga, 32 082 tonna (24%) qayta ishlashga, 8 104 tonna (6%) zaxiraga, 7 578 tonna (6%) Toshkent shahri va yarmarkalarga va 60 035 tonna (47%) ichki iste’molga yo‘naltiriladi.

Viloyatda 3 yil mobaynida 1 408 gektar yangi uzumzorlar barpo etildi.

Yangi barpo etilgan uzumzorlarning 468 gektari xo‘raki, 570 gektari kishmishbop va 370 gektari sanoatbop uzumzorlar tashkil etildi.

2019 yilda 130 gektar, 2020 yilda 261 gektar hamda 2021 yilda 1 018 gektar tashkil etilgan.

Yillar davomida mavjud va yangi tokzorlarni barpo etish xisobi uzumzorlardan yetishtiriladigan hosil ham ortib bormoqda.

Xususan 2019 yilda 120,9 ming tonna uzum mahsuloti yetishtirgan bo‘lsak 2020 yilga kelib 130,9 ming tonnaga yoki 2021 yilda 140,5 ming tonnaga 2019 yilga nisbatan 116,2 % oshadi.

Bugungi kunda viloyatda asosiy 10 navdagi Xo‘raki uzumlarimizdan Rizamat ota, Xusayini, Toyfi, Kelin barmoq, Charos navlari Kishmishbop uzumlarimizdan Oq kishmish, qora kishmish, soyaki, pushti kishmish navlari va Sanoatbop uzumlarimizdan Bayan shirey, qora muskat, oq muskat navlarini yetishtirib kelinmoqda.

Shuningdek, 2021 yil baxor oyida viloyatning 7 ta tumanida 35 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1 018 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etildi.

Misol uchun, Chortoq tumanida CHARTAK GRAPE GARDENS, Chust tumanida "CHAROS UZUMLAR" korxonalari tashkil etilib, loyihalarning umumiy qiymati 7,6 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Loyihalarning ishga tushish muddati 2022 yilga mo‘ljallangan hamda 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Yangi tashkil etilgan 1 018 gektar uzumzorlarni 361 gektari xo‘raki, 467 gektari kishmishbop va 190 gektari sanoatbop uzumzor tashkil etadi.

Jumladan, Kosonsoy 330, gektar, Pop 98, gektar, To‘raqo‘rg‘on 134, gektar, Uychi 37, gektar, Uchqo‘rg‘on 4, gektar, Chortoq 72 gektar, Chust 100 gektar, Yangiqo‘rg‘onda 250, gektar Tashkil etilgan uzumzorlarni 321 gektari g‘alladan qisqargan maydonlar o‘rnidan, 128 gektari past ball bonetitli yerlardan va 568 gektari eski tokzorlar o‘rnidan tashkil etildi.

Yetishtirilayotgan mahsulotlarimizni asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya davlatlariga eksport qilib kelmoqdamiz.

O‘tgan 2020 yil davomida viloyat bo‘yicha sarxil va quritilgan 14 378,6 tonna 18,3 mln AQSh dollarlik uzum mahsulotlarini eksportga yo‘naltirildi (1 kg o‘rtacha 1,3 doll.).

Bundan tashqari, 1 657 tonna 1,6 mln AQSh dollarlik qayta ishlangan uzum (uzum konsentratsiyasi sok) eksporti amalga oshirildi.

Chortoq, Kosonsoy, Chust, Pop, Yangiqo‘rg‘on tumanlari Uzumchilikka ixtisoslashadi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart