Mazkur Jamg‘arma loyihani amalga oshirish uchun olingan kreditning 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdoriga kafillik beradi;

Ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 5 foizgacha qoplash shaklida kompensatsiyalar beradi.

Buning uchun Siz quyidagi 100 ga yaqin mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz lozim bo‘ladi. Bular 9 ta alohida yo‘nalishda bo‘lib, quyidagilar kiradi:

-Oziq-ovqat mahsulotlari;
-Trikotaj buyumlari, kiyim-kechak, poyabzal;
-Dori vositalari;
-Kanselyariya mollari;
-Qurilish materiallari;
-Kimyo va u bilan bog‘liq tarmoqlar mahsulotlari;
-Metallar va ulardan yasalgan buyumlar;
-Uskunalar;
-Rezinalar, plastmassalar va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar.
 
Yuqoridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish niyatida bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlarning ishlab chiqarish loyihalari va takliflarini Namangan viloyati hokimining yordamchisi hamda Iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmasi tomonidan shaxsan qabul qilinadi va ko‘maklashiladi.

Murojaat uchun telefon: +99869-227-23-48, +99891-348-00-06.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart