Yosh dasturchilar Forumi 16-25 yosh toifasi bo‘yicha AKT sohasiga qizqadigan, raqamli texnologiyalarni endi o‘rganayotgan umumtaʼlim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda yosh frilanserlar o‘rtasida o‘tkazilib, AKT sohasida yoshlarning bilim va malakasini oshirish, frilanserlikni ommalashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Forum ikkita bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda Respublikamizning AKT sohasidagi eng yetuk mutaxassilar ishtirokida kichik guruhlarda master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Forumning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar “Mobil ilovalar”, “Grafik dizayn”, “Veb saytlarni yaratish”, “Robototexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlanmalarini taqdim etdilar.

Taqdim etilgan ishlanmalarni baholashda hakamlar tomonidan loyihasining dolzarbligi, aniqligi, kreativligi, hayotga tatbiq etish usullariga alohida eʼtibor qaratildi. Tanlov natijalari bo‘yicha 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 10 ta nominatsiyada g‘oliblari aniqlandi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart