Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6038-sonli Farmoniga ko‘ra, mahalla va sektorlar ishchi guruhi qayta xatlovida yangidan 9 852 ta oila 6 888 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar “Temir daftar”da ro‘yxatga olingan.

Joriy yilning sentabr-noyabr oylarida shahar va tuman sektor raxbarlari tomonidan vaqtinchalik tartibga asosan o‘rganishlar natijasida 527 ta oila va 1 502 ta mehnatga layoqatli fuqarolar qo‘shilib, “Temir daftarda” jami 34 761 ta oilaning 47 858 ta mehnatga layoqatli fuqarolar ro‘yxatlari shakllantirilgan.

Viloyatimizda kambag‘allikni qisqartirishga doir olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 10 dekabr holatiga daromad manbaiga ega bo‘lgan 25 269 ta oilaning 39 436 nafar mehnatga layoqatli oila a’zolarini xalq deputatlari kengash qarorlari bilan "Temir daftar"dan chiqarildi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki viloyatdagi “Temir daftar”ga kiritilgan 34 761 ta oilaning 47 652 nafar mehnatga layoqatli a’zolari turli sohalarga ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi.

Yil yakuniga qadar, viloyat, shahar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “Temir daftar”dagi oilalarning mehnatga layoqatli ishsizlariga munosib ish o‘rinlari yaratish bilan birga, yetarli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan.
Mazkur “Yo‘l xarita” asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart