O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan xodimlar tushunchalari tinglandi.


Bundan tashqari, Namangan viloyatida 2020 yilda har bir sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi va 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
2021 yilda Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar aytib o‘tildi.


Mazkur Murojaatnomadan kelib chiqib boshqarmaning 2021 yil ish rejasi va chora tadbirlar rejalari ishlab chiqish vazifasi belgilab olindi.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart