O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosiga muvofiq, 2 560 nafar shundan, ayollar 1 489 nafar, yoshlar 981 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi.
Jumladan;
- “Ishga marhamat” Monomarkazga 517 nafar;
- To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on kasbga o‘qitish markazlarida 367 nafar;
- MFYda tashkil etilgan 14 ta maskanlarda 49 nafar;
- 27 ta kasb-hunar maktablarida 768 nafar;
- nodavlat ta’lim muassasalarida 859 nafar.
Yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda, xorijiy til 120 nafar, kompyuter IT, veb-sayt 176 nafar, tikuvchilik 1 194 nafar, elektrik 150 nafar, payvandlovchi (elektr-gaz, argon) 149 nafar, santexnik 37 nafar, ayollar sartaroshi 81 nafar, bog‘dorchilik va issiqxona (gidroponika) ishchisi 31 nafar va boshqa yo‘nalishlarda 622 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilmoqda.
Shuningdek, “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” o‘quv kurslarida 7,6 mingdan ortiq yoshlar o‘qitiladi va imtiyozli kredit bilan ta’minlanadi.
Joriy yil 1 mart holatiga 622 nafar yoshlar yoki rejaga nisbatan 8,1 foizi “1+1” dastur doirasida tadbirkorlik asoslariga o‘qitilgan va ularning 410 nafariga tadbirkorlik sertifikatlari topshirildi.
Shu bilan birga viloyatda joriy yil 840 nafar fuqaroni 3 ta yo‘nalishda reja jadval asosida o‘qitish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgi davrga qadar 82 nafar fuqaro yoki rejaga nisbatan 9,8 foizi tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan holda tajriba orttirmoqda.