Ma’lumki, joriy yildan boshlab Respublikamiz aholisi biometrik pasportlarini ID kartaga almashtirish jarayoni boshlandi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Fuqarolarimiz Yagona portal my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan xodimlar tushunchalari tinglandi.

Viloyatda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida sanoatda 8 818,9 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,0 foiz o‘sishga erishildi. (aholi jon boshiga 3,5 mln so‘m)

Joriy yilning o‘zida 1 414 ta yangi sanoat korxonalar qo‘shilib, ularning umumiy soni 6 490 tani tashkil etmoqda.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart