Shu munosabat bilan 2020 yil 25-noyabr kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 245-sonida “Один миллион программистов: задачи – масштабные, результаты - положительные” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.  Mazkur maqola rus tilida tayyorlangan bo'lib, uni quyidagi havola orqali o'qish imkon mavjud. Maqolaning gazeta ko'rinishidagi to'liq matni.

23-25 noyabr kunlari Jizzax viloyatida Yosh dasturchilar Forumi o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Jizzax filiali hamkorligida tashkil etildi.

Жорий йил 11-13 кунлари Тошкент шаҳрида Ўзбекистон Республикаси ва Эрон Ислом Республикалари ўртасида бизнес-форум бўлиб ўтади. Бизнес-форумда йўналиши бўйича қурилиш материаллари, кимё ва маиший кимё маҳсулотлари, тоғ саноати, тош майдалаш, асфальт, битум, балиқчилик, туяқушчилик, шиша ишлаб чиқариш, зафарон ва писта етиштириш, фармацевтика, нефткимё соҳалари бўйича компаниялар иштирок этиши кўзда тутилган. Вилоятимизда ушбу Бизнес-форумга қатнашиш истагини билдирган тадбиркорларга ўз лойиҳалари билан тақнашишлари мумкин.

© 2019, Namangan viloyati Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanganda www.nameconomy.uz manbasi ko'rsatilishi shart